Ishonch telefoni
Bosh sahifa » --- » QUTURISH KASALLIGIDAN HIMOYALANING!

QUTURISH KASALLIGIDAN HIMOYALANING!

18-06-2026, 12:15
25
🚨 QUTURISH KASALLIGIDAN HIMOYALANING!

Quturish — odamlar va hayvonlar uchun o‘limga olib keladigan, ammo oldini olish mumkin bo‘lgan o‘ta xavfli virusli kasallikdir. Kasallik asosan virus bilan kasallangan hayvonlarning tishlashi, tirnashi yoki so‘lagi jarohatlangan teriga tushishi orqali yuqadi.
O‘zingiz va yaqinlaringizni asrash uchun quyidagi oltin qoidalarga amal qiling:
🔹 Uy hayvonlarini emlating: Uyingizdagi it va mushuklarni har yili o‘z vaqtida quturishga qarshi emlatishni unutmang.
🔹 Qarovsiz hayvonlardan uzoqroq bo‘ling: Ko‘chadagi notanish, qarovsiz it va mushuklarga yaqinlashmang, ularni silashga urinmang va bolalarni ham bundan ogohlantiring.
🔹 Yovvoyi hayvonlardan ehtiyot bo‘ling: Agar tulki, chiyabori kabi yovvoyi hayvonlar odamlarga yaqinlashsa yoki g‘ayritabiiy darajada "yuvosh" bo‘lib qolsa, ularga mutlaqo tegmang.
⚠️ AShIY JAHORAT ETILGANDA NIMA QILISH KERAK?
Agar sizni yoki yaqinlaringizni hayvon tishlasa (yoki tirnasa), har bir soniya g‘animat! Darhol quyidagi choralarni ko‘ring:
1️⃣ Yarani yuving: Jarohatlangan joyni zudlik bilan oqar suv ostida, sovun bilan 10-15 daqiqa davomida yaxshilab yuving (sovun virusni neytrallashga yordam beradi).
2️⃣ Shifokorga yuguring: Kechiktirmasdan eng yaqin tibbiyot muassasasiga (travmpunktga) murojaat qiling.
3️⃣ Vaksinani o‘tkazib yubormang: Shifokor tomonidan tayinlangan quturishga qarshi vaksina kursini to‘liq va o‘z vaqtida oling. Bugungi kunda bu muolaja mutlaqo og‘riqsiz (oldingidek qoringa 40 ta ukol qilinmaydi!).

🩺 Unutmang: Quturish kasalligining alomatlari namoyon bo‘lgandan keyin uni davolashning chorasi yo‘q. Faqatgina o‘z vaqtida olingan vaksina hayotni saqlab qoladi!

Yaqinlaringizga ham ulashing — salomatligingizga befarq bo‘lmang!

#Salomatlik #QuturishgaQarshi #EhtiyotBoʻling #SogʻliqniSaqlash

Sanepidqo‘mita Xorazm viloyati Shovot tuman bo'limi axborot xizmati

Telegram  Instagram  Facebook
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.