Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Bo'lim haqida / Bo'lim faoliyati » Aholi orasida uchraydigan ovqatdan zaharlanish va yuqumli kasalliklarni oldini olish maqsadida qilinayotgan ishlar.

Aholi orasida uchraydigan ovqatdan zaharlanish va yuqumli kasalliklarni oldini olish maqsadida qilinayotgan ishlar.

18-06-2026, 14:20
24
Aholi orasida uchraydigan ovqatdan zaharlanish va yuqumli kasalliklarni oldini olish maqsadida qilinayotgan ishlar.

Shovot tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi aholi o‘rtasida ovqatdan zaharlanish hamda mavsumiy yuqumli kasalliklarning oldini olish maqsadida targ‘ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirmoqda.

Fuqarolardan bozor hududidan tashqarida ruxsatsiz savdo qilinayotgan oziq-ovqat mahsulotlari, quyosh nuri ostida saqlanayotgan ichimliklar, meva-sabzavotlar va sifati kafolatlanmagan mahsulotlarni iste’mol qilmaslik so‘raladi. Mazkur omillar o‘tkir ichak yuqumli kasalliklari, gepatit A hamda suv orqali yuqadigan infeksiyalar tarqalishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Aholini sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etishga chaqiramiz.

Sanepidqo‘mita Xorazm viloyati Shovot tuman axborot xizmati

Telegram  Instagram  Facebook
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.