Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Bo'lim haqida / Bo'lim faoliyati » YOSHLAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI

YOSHLAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI

28-07-2026, 14:53
33
YOSHLAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
2026-yil 28-iyul kuni Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Xorazm viloyati Shovot tumani bo‘limi boshlig‘i M.K. Axmedov hamda Yangi Bo‘rloq mahallasi yoshlar yetakchisi ishtirokida bitiruvchi yosh Qalandarova Durdona bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida bitiruvchini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berilib, bandligini taʼminlash va ishga joylashtirish masalalari muhokama qilindi hamda tegishli tavsiyalar berildi.
Yoshlar bilan o‘tkazilayotgan bunday uchrashuvlar ularning muammolarini o‘z vaqtida o‘rganish, taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda bandligini taʼminlashga qaratilgan tizimli ishlarning muhim qismi hisoblanadi.

Sanepidqo‘mita Xorazm viloyati Shovot tuman axborot xizmati

Telegram  Instagram  Facebook
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.