Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Bo'lim haqida / Bo'lim faoliyati » YOSHLAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI

YOSHLAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI

28-07-2026, 14:09
28
YOSHLAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Xorazm viloyati Shovot tumani boʻlimi hodimlari tomonidan Ogohiy mahallasida yashovchi bitiruvchi yosh Yoʻldosheva Oltinoyni ishga joylashtirish hamda ish sharoitlari bilan tanishish maqsadida oʻz hududida joylashgan bogʻcha mudirasi bilan uchrashuv tashkillashtirildi.
Uchrashuv davomida bitiruvchini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berilib, bandligini taʼminlash va ishga joylashtirish masalalari muhokama qilindi hamda tegishli tavsiyalar berildi.
Yoshlar bilan o‘tkazilayotgan bunday uchrashuvlar ularning muammolarini o‘z vaqtida o‘rganish, taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda bandligini taʼminlashga qaratilgan tizimli ishlarning muhim qismi hisoblanadi.

🔰Sanepidqo‘mita Xorazm viloyati Shovot tuman bo'limi axborot xizmati

Telegram Instagram Facebook
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.