Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Bo'lim haqida / Bo'lim faoliyati » "Dolzarb 40 kun" doirasida obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda

"Dolzarb 40 kun" doirasida obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda

5-08-2026, 10:30
64
🇺🇿 "Dolzarb 40 kun" doirasida obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda
Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan oʻtkazilayotgan "Dolzarb 40 kun" umumxalq obodonlashtirish tadbirlari doirasida Xorazm viloyati Sanepid qoʻmitasi Shovot tumani boʻlimi xodimlari oʻzlari istiqomat qilayotgan xonadonlarda va ularga tutash hududlarda obodonlashtirish hamda sanitariya-tozalash ishlarini amalga oshirdilar.
Tadbir davomida hovli va ko‘cha atroflari tartibga keltirildi, hududlar begona o‘tlardan tozalandi, daraxt va manzarali o‘simliklar parvarish qilinib, yashash muhitining sanitariya holatini yaxshilashga qaratilgan amaliy ishlar bajarildi.
Mazkur tadbirlar aholi yashash hududlarida sanitariya madaniyatini yuksaltirish, obod va ozoda muhitni taʼminlash hamda ekologik barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

🔰Sanepidqo‘mita Xorazm viloyati Shovot tuman bo'limi axborot xizmati

Telegram Instagram Facebook
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.