Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Bo'lim haqida / Bo'lim faoliyati » “EKOLOGIK MADANIYAT HAFTALIGI” DOIRASIDA QILINAYOTGAN ISHLAR.

“EKOLOGIK MADANIYAT HAFTALIGI” DOIRASIDA QILINAYOTGAN ISHLAR.

12-10-2026, 15:30
44
🌿 “EKOLOGIK MADANIYAT HAFTALIGI” DOIRASIDA QILINAYOTGAN ISHLAR.

Sanepidqo‘mita Xorazm viloyati Shovot tuman bo‘limida Xorazm viloyati Sanepidqo‘mita tomonidan 2026-yil 7-oktabr kuni yuborilgan ko‘rsatma xati asosida “Ekologik madaniyat haftaligi” davom qilmoqda.
🌱 Ekologik madaniyat — tabiatni asrash, suv va elektr energiyasidan oqilona foydalanish, tabiiy resurslarni isrof qilmaslik hamda atrof-muhitni toza saqlashda har bir fuqaroning mas’uliyatli munosabatidir.
Bugungi kunda suv tanqisligi, atmosfera havosining ifloslanishi, chiqindilar miqdorining ortishi va iqlim o‘zgarishi kabi ekologik muammolar aholining ekologik bilimi va madaniyatini yanada oshirishni taqozo etmoqda.
Shu maqsadda bo‘limimizda “Ekologik madaniyat haftaligi” doirasida ekologik madaniyatni yuksaltirish, tabiatga ehtiyotkorona munosabatni shakllantirish va atrof-muhitni asrashga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot tadbirlari amalga oshirilmoqda.

🌿 Tabiatni asrash — barchamizning umumiy burchimiz!


Telegram || Instagram || Facebook
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.