Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Bo'lim haqida / Bo'lim faoliyati » Shovot tumanida 2–10 yoshli bolalar o‘rtasida II-tur ommaviy profilaktik degelmintizatsiya ishlari boʻyicha seminar o‘tkazildi.

Shovot tumanida 2–10 yoshli bolalar o‘rtasida II-tur ommaviy profilaktik degelmintizatsiya ishlari boʻyicha seminar o‘tkazildi.

15-10-2026, 15:36
36
Shovot tumanida 2–10 yoshli bolalar o‘rtasida II-tur ommaviy profilaktik degelmintizatsiya ishlari boʻyicha seminar o‘tkazildi.
Mazkur tadbir Xorazm viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi boshlig‘i tashabbusi bilan tashkil etilib, bolalar salomatligini mustahkamlash, gelmintoz kasalliklarining oldini olish hamda sanitariya-gigiyena madaniyatini oshirishga qaratildi.
Mutaxassislar tomonidan ota-onalar va tibbiyot xodimlariga dori vositalarini to‘g‘ri qabul qilish tartibi yuzasidan batafsil tushuntirish va tavsiyalar berildi.Shuningdek, seminar davomida bolalarga albendazol dori vositasi belgilangan tartib asosida berildi.
Mazkur profilaktik tadbir hududda bolalar salomatligini muhofaza qilish, yuqumli va parazitar kasalliklarning oldini olish hamda sanitariya-epidemiologik barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Sanepidqo‘mita Xorazm viloyati Shovot tuman axborot xizmati

Telegram || Instagram || Facebook
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.